2026-yilning o‘tgan davri mobaynida avtobuslarda chiptasiz yurgan yo‘lovchilarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 144-moddasi 5-qismiga asosan 79 618 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, jarimalar qo‘llanilgan.

Har bir huquqbuzar yo‘lovchiga nisbatan BHM 1/10 qismi (41 200 so‘m) miqdorida jarima solingan. 2026-yilning o‘tgan davri mobaynida huquqbuzarlik sodir etgan yo‘lovchilardan undirilgan jarimalar miqdori deyarli 2 mlrd so‘mni tashkil etdi.