Maqolada qayd etilishicha, mazkur markaz O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi maydonga aylanadi.
Markaz negizida Sankt-Peterburg korxonalarining O‘zbekiston bozoriga mo‘ljallangan mahsulotlarining doimiy ko‘rgazmasi, istiqbolli investitsiya loyihalarini taqdim etish hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish uchun biznes zonasi tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, Yangi Toshkentda rossiyalik me’morlar ishtirokida loyihalashtirilgan “Sankt-Peterburg mavzesi” loyihasi hayotga tatbiq etilmoqda. O‘z navbatida, Sankt-Peterburgda O‘zbekistonning savdo-logistika markazini tashkil etish rejalashtirilgan.
Ekspertlar fikricha, ushbu loyihalar savdo, sanoat kooperatsiyasi va sarmoyalar yo‘nalishidagi ikki tomonlama hamkorlik faollashuvi fonida amalga oshirilmoqda.
Bunday tashabbuslarning ro‘yobga chiqarilishi O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida o‘zaro savdo hajmini kengaytirish, sarmoyalarni jalb etish va hududlararo hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.