Toshkent shahar Yangihayot tumani “Tashabbus” MFY Sergeli 5A mavzesida joylashgan eski gaz taqsimlash punkti hamda hududdagi yer osti gaz quvurini almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan 12-avgust soat 08:00 dan 15-avgust 17:00 ga qadar Yangihayot va Sergeli tumanlaridagi quyidagi isteʼmolchilarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.
Yangihayot tumani: “Yoʻldosh”, “Mashʼal”, “Olchazor”, “Xushnud”, “Navqiron”, “Yorqin hayot”, “Charogʻon”, “Chorbogʻ”, “Viqor”, “Al-Fargʻoniy”, “Doʻstlik”, “Iqbol”, “Toshkent”, “Fayzli”, “Chortoq” MFYlaridagi yerli xonadon, koʻp qavatli uylar hamda ulgurji isteʼmolchilar.
Sergeli tumani: “Mehrigiyo”, “Oʻzgarish”, “Habibiy”, “Madadkor”, “Ziynat”, “Ezgulik”, “Yangi Sergeli”, “Sohibqiron”, “Sofdil”, “Soʻgʻdiyona”, “Ittifoq”, “Nilufar”, “Saxovat”, “Qipchoq”, “Qut-baraka”, “Daryo boʻyi” MFYlaridagi yerli xonadon, koʻp qavatli uylar hamda ulgurji isteʼmolchilar.
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng gaz taʼminoti bosqichma-bosqich qayta tiklanadi.
Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.