Bu amaliyot bosqichma-bosqich mamlakatning boshqa hududlariga ham joriy etiladi.
Transport nazorati inspektsiyasining Avtomobil transportida nazorat boshqarmasi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududiy bo‘limlari inspektorlari nazorat-reyd tadbirlarida bodi-kameralardan foydalanishni boshladi.
Ma’lum qilinishicha, yangi amaliyotni inspektsiyaning boshqa hududiy bo‘limlari faoliyatiga ham bosqichma-bosqich joriy etish rejalashtirilgan.
Xususan, 2027 yilning birinchi yarim yilligida inspektsiya inspektorlarini bodi-kameralar bilan to‘liq ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, bodi-kameralardan foydalanish nazorat tadbirlarini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish, xizmat faoliyatida qonuniylik va shaffoflikni kuchaytirish, shuningdek, fuqarolar va tadbirkorlarning huquq hamda manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.