Tezkor tadbirlar davomida ikki kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilinib, olti nafar «zakladçik» qölga olindi.

Içki işlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti hamda uning hududiy bölinmalari xodimlari tomonidan «Xavfsiz va soğlom yurt» keng qamrovli tezkor-profilaktik oyligi doirasida ötkazilgan tadbirlar natijasida Toşkent şahrida mefedron, MDMA va kokain tarqatiş bilan şuğullangan guruh faoliyatiga barham berildi.

Dastlab, muqaddam Jinoyat kodeksining 276-moddasi bilan sudlangan, 1998 va 2004-yillarda tuğilgan ikki nafar fuqaro Yangihayot tumanida «Monza» rusumli avtomaşinada sintetik giyohvandlik vositalarini «zakladka» usulida tarqatayotgan vaqtda uşlandi. Ulardan 500 gramm mefedron aniqlandi.

Tezkor tadbirlar davom ettirilib, jinoiy şeriklarning yaşaş manzili közdan keçirildi. U yerdan yana 500 gramm mefedron, 60 gramm MDMA va kokain, şuningdek, uç ming dona zip-paket, ikki kilogramm plastilin va izolenta aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olindi.

Şundan söng Yaşnobod emas, YAKKASAROY tumanida davom ettirilgan tezkor tadbirlar natijasida «zakladçik» vazifasini bajargan olti nafar fuqaro giyohvandlik vositalari yaşirilgan joylarga kelib, ularni olayotgan vaqtda qölga olindi.

Tezkor suriştiruvlar davomida internet-narkodökon kuratori ularga qöşimça ravişda bir kilogramm mefedron yaşirilgan joyning geolokatsiya koordinatalarini yuborgani aniqlandi. Mazkur giyohvandlik vositalari Mirobod tumanidagi yaşirin joydan topilib, belgilangan tartibda rasmiylaştirib olindi.

Qölga olinganlar orasida oliy taʼlim muassasalari talabalari ham bor. Ular internet-narkodökonda olti oydan buyon işlab kelgani maʼlum böldi. Giyohvandlik vositalari mamlakatga xorij fuqarosi bölgan xalqaro narkokuryer orqali olib kirilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jami ikki kilogrammdan ortiq mefedron, MDMA va kokain musodara qilinib, aholi orasida 100 ming 500 doza giyohvandlik vositalari tarqatilişining oldi olindi.

Mazkur holat yuzasidan uşlangan fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Içki işlar vazirligi fuqarolardan şubhali şaxslar yoki ularning faoliyati haqida maʼlumotga ega bölganda Telegram ijtimoiy tarmoğidagi «Stop narkobiznes» kanaliga murojaat qilişni söradi. Respublika hududlari böylab giyohvandlik va psixotrop moddalar bilan boğliq jinoyatlarni aniqlaş hamda ularning oldini olişga qaratilgan tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.