Ular jinoiy daromadlarning asl manbasini yaşiriş maqsadida turli valyutalardagi mablağlarni kriptoaktivlarga ayirboşlaş bilan şuğullangan.

Poytaxt IIBB Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvçilar uşlangan.

Aşyoviy dalil sifatida olingan qurilmalarni örganiş jarayonida ular orqali 64 million USDTdan ortiq, yaʼni qariyb 768 milliard 380 million sömlik moliyaviy operatsiyalar amalga oşirilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.