Maʼlum qilinişiça, universitet «Sanoat energetika guruhi» MÇJ muassisligida 2022-yil 28-avgustda berilgan 036721-sonli litsenziya asosida faoliyat yuritib kelgan.
Ayni paytda oliy taʼlim muassasasida 12 ta bakalavriat taʼlim yönalişi böyiça jami 451 nafar talaba tahsil olmoqda.
Universitetda yuzaga kelgan taşkiliy va moliyaviy holatlar munosabati bilan talabalarning öqişini davom ettiriş masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Şu maqsadda vazirlik işçi guruhi talabalar va ularning ota-onalari bilan bevosita uçraşuvlar ötkazib, vaziyatni örgangan.
Hozirga qadar 352 nafar talabadan öqişini boşqa oliy taʼlim taşkilotida davom ettiriş böyiça arizalar qabul qilingan.
Vazirlik har bir talabaning taʼlim oliş huquqi va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş, şuningdek, öqiş jarayoni uzluksiz davom etişi uçun zarur çoralar körilayotganini maʼlum qildi.