Bu haqida hokimlik axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, holatlarning 92 foizi (1709 ta) bir necha bor takror sodir etilgan. Ayrim fuqarolar esa qoidalarni 13–23 martagacha buzgan.
Tumanlar orasida “antirekord” Yashnobod tumaniga tegishli — 413 ta holat. Keyingi o‘rinlarda Sergeli tumani (329 ta) va Olmazor tumani (269 ta) qayd etilgan. Bektemir tumanida esa nisbatan kam — 17 ta holat aniqlangan.
Ta’kidlanishicha, ayrim hududlarda qoida buzarliklar muntazam tus olgani ekologik holatga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Fuqarolarga yana bir bor eslatma: chiqindilarni noqonuniy tashlash — qonunbuzarlik va javobgarlikka sabab bo‘ladi.