Ma’lum qilinishicha, bo‘yoqlash ishlarini olib borish uchun binodagi yer to‘laga tushgan uch nafar ishchining bo‘yoqdan ajralgan hid ta’sirida ahvoli og‘irlashgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan yetib borgan qutqaruvchilar fuqarolarni yer to‘ladan olib chiqib, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi. Shundan so‘ng jabrlanganlar tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilarining tezkor harakatlari natijasida uch nafar fuqaroning hayoti saqlab qolindi.