Bu haqda hokimlik axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yil 11-maydan 26-iyulga qadar poytaxtning 56 ta koʻchasidagi 3 228 ta tadbirkorlik subyekti dizayn-kodni joriy etish ishlariga jalb qilingan.

Tadbirkorlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijasida ayrim holatlarda dizayn-kod talablari, hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi va ishlar ketma-ketligi yetarlicha tushuntirilmagani aniqlangan. Bu eʼtirozlar oʻrinli deb topilib, kelgusi ishlar inobatga olinadi.

Ayni paytda 509 nafar tadbirkor bino fasadini yangilagan, yana 2 627 nafari ishlarni yakunlamoqda. Qolgan masalalar tuman hokimliklari va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda individual tartibda koʻrib chiqiladi.

Shuningdek, 18 ta reklama-ishlab chiqarish kompaniyasi mutaxassislarining malakasi oshirildi.

Toshkent shahar hokimligi dizayn-kodni joriy etishda asosiy eʼtibor ochiq muloqot, talablarni tushunarli yetkazish va tadbirkorlar bilan yuzaga keladigan masalalarni individual tartibda hal etishga qaratilishini maʼlum qildi.