Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlumotiga ko‘ra, hodisa 2 iyul kuni soat 05:40 atrofida Shota Rustaveli ko‘chasida yuz bergan.

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, «Malibu» avtomobili haydovchisi katta tezlikda harakatlanayotgan vaqtda rul boshqaruvini yo‘qotgan va oqibatda transport vositasi «Caffelito» qahvaxonasiга kelib urilgan.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati haydovchilarni belgilangan tezlik meʼyorlari va yo‘l harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilishga chaqirdi.