Musobaqada Oʻzbekiston sharafini 10 nafar sportchi himoya qilmoqda.

Chempionatning dastlabki kunida jamoaviy bahslar oʻtkazildi. Erkaklar oʻrtasidagi guruh bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasi Turkmaniston va Saudiya Arabistoni vakillariga qarshi bahs olib bordi. Ayollar jamoasi esa Makao, Iordaniya va Tojikiston terma jamoalari bilan kuch sinashdi.

Qayd etilgan natijalar:

Erkaklar:

  • Oʻzbekiston — Turkmaniston — 3:0;

  • Oʻzbekiston — Saudiya Arabistoni — 0:3.

Ayollar:

  • Oʻzbekiston — Iordaniya — 3:0;

  • Oʻzbekiston — Makao — 3:0;

  • Oʻzbekiston — Tojikiston — 3:0.

Bugun Osiyo chempionatining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtadi. Musobaqa bahslari 25 oktyabrgacha davom etadi.