Abdu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida taşkil etilgan xiyobonning oçiliş marosimida ilm-fan, adabiyot va maʼrifat namoyandalari, olimlar, universitet professor-öqituvçilari hamda talabalar iştirok etdi.

Tadbirda universitet rektori Feruza Madraximova, Xorazm viloyati hokimi örinbosari Şerzod Berdiyev, Özbekiston Qahramoni Anora Mahmudova va siyosiy fanlar doktori, professor Nazrulla Jörayev sözga çiqib, buyuk ajdodlarimizning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga qöşgan hissasi haqida fikr bildirdi.

Xiyobonning eng eʼtiborli jihati — unda 18 nafar buyuk siymoning haykali qad rostlagani. Mazkur maskan yoşlarni ajdodlar merosi bilan yaqindan taniştiriş, ularda tarixiy xotira va milliy ğurur tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qilişi közda tutilgan.

Oçiliş marosimi «Yaşil makon» umummilliy loyihasi bilan ham uyğunlaşdi. Mehmonlar, universitet jamoasi va talabalar xiyobon hududiga manzarali daraxt köçatlarini ekişdi.

Yangi xiyobon universitetning yana bir maʼnaviy-maʼrifiy maskaniga aylanişi kutilmoqda. Bu yerda talabalar buyuk ajdodlarimizning hayoti va ilmiy merosi haqida köproq maʼlumot oliş, ularning ibratli hayot yölidan ruhlaniş imkoniga ega böladi.