Köpinça bolalikni inson umrining bahoriga qiyoslaymiz. Bu faslda taşviş yöq, ğam yöq, faqat şirin orzular va jarangdor kulgilar bor deb öylaymiz. Uning har bir kunini turfa öyinlar bilan uyğunlikda tasavvur qilamiz. Ammo bu qiyosimiz hayot haqiqatlariga har doim ham mos kelavermaydi. Ayrim xonadonlarda ulğayayotgan bolakaylarning çehrasiga tabassum begona böladi. Baʼzilari maktabdan uyga qaytişni istamaydi, ayrimlari esa kattalarning qadam tovuşidan çöçiydi. Ular köz yoş tökmasligi, hatto yon-atrofdagilar nazarida boşqa barça bolalar qatori körinişi mumkin. Lekin aksariyat hollarda bu taşqi qiyofa aldamçi böladi.

Hayot yöllarimda körganlarim va kuzatganlarim şunday xulosa çiqarişga izn beradi. Xotiramda öçmas iz qoldirgan hodisalarni eslaganimda, hamişa bir fikrda töxtayman: bolani asraş faqat ota-onaning emas, butun jamiyatning insoniy va huquqiy burçidir.

Yaqinda qabul qilingan “Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun ana şu masʼuliyatning hayotiy ehtiyoj ekanini anglatiş hamda uni yanada kuçaytirişga qaratilgan eng kuçli muhofazadir. Unda bolalarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar uçun javobgarlikni kuçaytiriş, ularni himoya qilişda masʼul idoralar va taʼlim taşkilotlari xodimlari vazifalarini aniq belgilab beriş, jabrlangan bolalarning huquqiy himoyasini taʼminlaşga doir muhim normalar nazarda tutilgan. Ammo qonunning kuçi faqat raqamlar, jarimalar yoki jazo muddatlari bilan ölçanmaydi. Uning haqiqiy qudrati bolalar taqdirida namoyon böladi. Bola xatar bilan yuzma-yuz kelganida, qonun xuddi yaroq tutgan dovyurak askar kabi himoyaga şay tursa, bu uning amalda işlayotganidan dalolatdir.

Bolaning oğriqli tovuşi quloqqa çalinganda, bu nola yetgan joydagi odamlar huşyor tortsa, demak, qonun talablari omma ongiga çuqur singib bormoqda. Har bir bandi ana şu insoniy vazifalar va vijdoniy burçga qaratilgan mazkur qonunni takror-takror nazardan ötkazar ekanman, xotiram közgusida keçagi va bugungi kunning alamli voqealari, kuyukli manzaralari jonlana boşlaydi.

Akademik litseyda direktorning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari bölib işlagan paytim edi. Birinçi kursda öqiydigan, olis hududdan kelgan bir öquvçi ota-onasi yuborgan pulni oliş uçun “Otçopar” bozoriga borib kelişga ruxsat söradi. Qişloqdan endigina çiqib kelgan ösmir bölgani uçun uni yolğiz yuborişni istamadim. Guruh rahbaridan öquvçiga hamroh bölişni söradim, qöliga yöl haqi ham tutqazdim. Ammo öquvçi ustozini kutmay, özi yölga tuşgan. Kun keç böldi hamki, undan darak bölmadi. Bolani qidirişga tuşdik. Öz imkoniyatimiz bilan murod hosil bölmagaç, içki işlar idoralariga murojaat qildik. Nihoyat öquvçini bir taşlandiq joydan huşsiz holda topişdi. Şukrki, u tirik edi.

Keyinçalik maʼlum bölişiça, bola uyidan kelgan pulni olayotganini körib qolgan bir kimsa uni öz maşinasida metrogaça olib borişni vaʼda qilgan. Yölda esa tarkibida huşdan ketkazuvçi modda bölgan römolçadan foydalanib, bolani behuş qilgan va bor pulini olib, özini dalaga taşlab ketgan. Bu voqeadan söng tong sahar közguga qarasam, bir tutam soçim oqarib qolibdi. Ertalabki yiğilişda öquvçilarni bölib ötgan voqeadan xabardor qilib, ularni huşyorlikka çorlar ekanman: “Sizlar bizga Allohning omonatisiz...”, deganim hali ham yodimda.

Mazkur qonunda jismoniy va jinsiy zöravonlik bilan bir qatorda ruhiy zöravonlik, ğamxörlik körsatmaslik, ekspluatatsiya qiliş, taʼqib etiş hamda bulling ham bolaga nisbatan zöravonlik şakllari sifatida belgilangan. Demak, bolani himoya qiliş deganda faqat kimdir uning murğak tanasiga yetkazgan jarohatga malham qöyiş bilan çeklanmaymiz. Qörquv tufayli ruhiyati zaiflaşişi, qay bir sabablarga köra kamsitilişi, mehr panohi bölmagan hollarda eʼtiborsiz qoldirilişi, öqiş va rivojlaniş imkoniyatidan mahrum etilişi ham jamoat­çilik eʼtiborida bölişi şart.

Nima uçun biz uşbu bitiklarimizda şarhlayotgan mazkur qonunning muhofaza qamrovi bu qadar keng? Bu bejiz emas, albatta. Çunki baʼzan bolaga nisbatan qilingan şafqatsizlikka u qadar eʼtibor bermaymiz. “Hali yoş, unutib yuboradi”, “Boşida ota-onasi bor, özlari hal qiladi”, deymiz. Ammo bolalikdagi baʼzi oğriqlar unutilmaydi. Ular goh bitmas jarohat izi bölib ozor bersa, gohida hayot­dan töğri xulosa çiqarişga örgatadi.

Ösmir yoşdagi rangpargina bir bola köp qavatli uylar oralab sut sotib yurardi. Qiş kunlarining birida sovuqdan yuz-qöllari qizarib ketgan şu bolakayni savolga tutdim. Onasi betob, otasi mavsumiy işda bölgani bois, buvisi uni sut sotişga çiqarar ekan.

“Kennoyi, qolgan sutni arzon beraman, olib qoling. Ötgan kuni ikkita baklaşkadagisi sotilmagan edi, buvim meni urib, köçaga haydab yubordi. Öqişimdan qolib ketdim, maktabga borişim kerak”, dedi u yiğlamsirab. Men öşa iztirobli lahzada faqat bolaning közidan oqqan yoşni emas, uning yelkasiga ortilgan rözğor yukini, qöllaridagi sut idişlardan ming karra zalvorliroq qalb oğriğini öyladim. Uning yoşidagi bola döstlari bilan öynaşga şoşiladi, dars zavqini suradi, kitob mutolaasini öylaydi, kelajagi haqida orzu qiladi. Nega u qişning ayozli kunida kattalar taşvişini yelkalab yurişi kerak? Albatta, hayotda quvonç va taşvişlar yonma-yon yaşaydi. Oilada kasallik bölişi, otaning işi yurişmay qolişi, ona esa mehnat layoqatini çeklaydigan dardga çalinişi mumkin. Ammo iqtisodiy qiyinçilik bolaning taʼlimdan uzilişi yoki qadr-qimmati qurbon qilinişi evaziga bartaraf etilmasligi lozim. Oilaga ijtimoiy kömak, tibbiy yordam, mahalla va tegişli taşkilotlar eʼtibori zarur bölgan joyda mutasaddilar öz burçini bajarişga şoşilişi darkor. Qonunning mohiyati va uning muhofaza qudratini teranroq anglaş zarurati mana şunday hayotiy voqealarda yana ham aniqroq namoyon böladi.

Keçagi kun voqealarini eslar ekanman, xayolim beixtiyor bugungi kunga, ­atrofimizda yuz berayotgan aççiq haqiqatlarga köçadi. Bugun ijtimoiy tarmoqlarni yoki yangiliklar tasmasini oçsangiz, yurakni örtab yuboradigan, aqlni şoşiradigan xabarlarga duç kelasiz. Bu şunçaki virtual şovqin emas, balki bugungi jamiyatimizdagi, şundoqqina yon-atrofimizdagi murğak jonlarning alamli nolasidir.

Savol tuğiladi: nega bugun begunoh bolalar kattalarning alami, nafrati va qasosi qurboniga aylanib qolmoqda? Eriga aççiq qilib, öz jigarbandlarini köp qavatli binoning yuqori qavatidan taşlab yuborgan ayolning qalbida qaçon, nima sababdan onalikning tengsiz muhabbati sönib ulgurdi ekan? Qaynonasiga yoki turmuş örtoğiga bölgan ğazabini jilovlay olmay, murğak gödakning oğiz-burnini qonga böyab, kaltaklagan kelinga nisbatan: “Hayot uni şunday şafqatsizlikka olib keldi”, desak ham uni oqlay olamizmi, aslo! Baʼzi ğazabini jilovlay olmagan kattalar nega öz alamini himoyasiz boladan olişi kerak? Bu şafqatsizlikka şafqatsizlik bilan javob qiliş emasmi?

Yoki dilimizni yaralagan yana bir beparvolikni oğriq bilan eslaymiz. Yozning jazirama issiğida maşina içida unutilib, dim havoda nafasi siqilib, azoblanib nobud bölgan murğak gödakning ölimida kim aybdor? Bu şunçaki “tasodif”mi yoki bolaning hayoti va soğliğiga bölgan sovuqqonlikning eng mudhiş körinişimi? Taʼlim va tarbiya maskanlari bölmiş boğçalarda, maktablarda bolalarga nisbatan qilinayotgan jismoniy yoki ruhiy zöravonlik, murabbiy tomonidan tuşirilayotgan tarsaki, tengqurlar örtasidagi ayovsiz bulling va tahqirlar-çi?

Ijtimoiy tarmoqlarda bunday video va xabarlar tarqalganda, jamoatçilik bong uradi, minglab odamlar ğazablanadi, nafrat yoğdiradi. Ammo bu holatdagi keçikkan şovqin-suron va vaqtinçalik muhokamalar sodir bölgan fojianing oldini ololmaydi, majruh bölgan murğak ruhiyatini butlab, boy berilgan aziz jonni ortga qaytara olmaydi.

Aynan şuning uçun yangi qabul qilingan qonunda bolani tarbiyalaş va unga ğamxörlik qiliş majburiyatlarini bajarmaslik, bolalarga nisbatan zöravonlik sodir etiş, hayoti va soğliğini xavf ostida qoldiriş kabi huquqbuzarliklar uçun javobgarlik hamda jazo çoralari keskin kuçaytirildi.

Mazkur qonunga muvofiq, zimmasiga bolani tarbiyalaş va unga taʼlim beriş majburiyati yuklatilgan taʼlim yoki tarbiya taşkiloti xodimi bolaga nisbatan zöravonlik sodir etgani uçun javobgarlikka tortilsa, bu holat u bilan tuzilgan mehnat şartnomasini bekor qiliş uçun qöşimça va qatʼiy asos hisoblanadi. Bu esa maktab va boğçalarimizda bolaning daxlsizligini taʼminlaş, murabbiy hamda öqituvçilar masʼuliyatini oşiriş yölidagi juda muhim huquqiy tayançdir.

Bolaning hayotiga eng köp javobgar bölgan insonlar, birinçi navbatda, ota-onasi va yaqinlaridir. Lekin baʼzan hayotdagi eng oğir jarohat aynan eng yaqin kişilar tomonidan yetkaziladi. Buni aytiş oson emas. Çunki biz oilani muqaddas deb bilamiz, ota-ona mehrini tabiiy neʼmat sifatida qabul qilamiz. Ammo oila muqaddasligi xonadon içkarisida röy berayotgan noxuş voqealarga, ­şafqatsizliklarga köz yumiş huquqini bermaydi. “Saodat” jurnaliga bir ayol yöllagan iztirobli maktubda bunday sözlar bor edi:

“Turmuş örtoğimning kaltaklariga, tazyiqlariga çiday olmay, uç yoşli öğlim bilan ota uyimga qaytdim. Yillar davomida yiğib-terganimni otamning qöliga tutib: “Hovli çekkasiga bir xona imorat tiklab olaylik, qozon qaynatib, rözğorimni özim tebratay, ukamning oilasi ham kattalaşib boryapti”, dedim. Ular bunga könmadi, “Ukangni ranjitasan”, deyişdi. Otam qazo qilgaç, men uçun oğir kunlar boşlandi. Bir kuni işda ekanimda yaqin qöşnimiz sim qoqib, uyi­mizda janjal bölayotganini, bolamning zorlanib yiğlagani eşitilayotganini aytib qoldi. Jon holatda uyga yugurdim. Bir burçakda titrab-qaqşab yotgan bolamning oyoqlari kaltak zarbidan kökarib, qonab ketgandi. “Aravaçada ötirgan gödagimni yiqitdi, öynatmay ölgur. Boşi şikastlangan bölsa, bezori bolangning oğzidan qonini keltiraman. Toğasi bekorga savalagani yöq bu şumqadamni”, deya kelinoyim oğziga kelganini böğzidan qaytarmasdi...”.

Ona beçora nima qilsin? Özini ham, farzandini ham himoya qiliş uçun xorij­ga ketib, qora mehnat qilgan. Öğlini öqitgan, oyoqqa turğizgan. Keyin Vatanga qaytib, işlaşni davom ettirgan. Bu ayolning matonatiga qoyil qolib, uning hayot kuraşlarida ğolib çiqqanini eʼtirof etiş bilan birga meni bir savol qiynaydi: nega ona öz farzandini öz yurtida, öz yaqinlari orasida himoya qila olmadi? Nega musofir yurtlarda sarson bölişga, begonalar qöliga qaraşga majbur böldi? Nega norasida bolaning bilmay qilgan xatosi kattalarning bu qadar şafqatsiz munosabatiga sabab bölişi kerak edi?

Şu örinda qonunning yana bir muhim jihati namoyon böladi bolaning himoyalanişga bölgan huquqi faqat öz uyidagi kattalarning xohiş-irodasiga boğliq emas. Agar uning xavfsizligiga tahdid tuğilsa, tegişli idoralar vaziyatga aralaşişi, xavf darajasini baholaşi va himoya çoralarini körişi lozim. “Qarindoş-uruğçilik”, “oilaviy masala”, “özimiz hal qilamiz” kabi tuşunçalar bola huquqidan ustun turmasligi kerak.

Bu haqda söz borganda, 17 yoşli bir qizning keçmişi yodimga tuşadi. Hali maktab öquvçisi bölgan paytida oilasi uni yaqin qarindoşining öğliga ­unaştirib qöyadi. Kattalar qiz taqdirini uning özisiz hal qilmoqçi bölişdi. Onasi bozorma-bozor kezib sep-sidirğa tayyorlar, otasi esa qizi bilan bu mavzuda gaplaşişni öziga munosib bilmasdi. Qizning xohişi, qörquvi, kelajak haqidagi öylari esa göyo heç kimga kerak emasdek edi.

Bu holatdan xabar topgaç, mahalla faollari bilan birga ularning oilasiga bordik, suhbatlaşdik. Ota-onasiga qizning öqiş istagi kuçli ekanini, öz taqdirini özi tanlaşi kerakligini tuşuntirdik. Urinişlarimiz bekor ketmadi, töy töxtatildi.

Töğri, har bir oilaviy kelişuvni yoki qarindoşlar örtasidagi sovçilikni qonunbuzarlik deb bölmaydi. Ammo voya­ga yetmagan qizga bosim ötkaziş, uning taʼlim olişga iştiyoqini mensimaslik, qonun bilan belgilangan nikoh yoşi va boş­qa talablarni çetlab ötişga uriniş — juda jiddiy masala. Bola man­faatlari kattalar obrösi, qarindoşlik kelişuvi yoki “odamlar nima deydi?” degan xavotirdan ustun bölişi lozim.

Bolalar masalalari böyiça komissiyalar qarorlarini bajarmaslik yoki ijrosiga tösqinlik qiliş holatlari uçun javobgarlik belgilaş orqali masʼuliyatni kuçaytiriş ham mazkur qonunning öziga xos jihatlaridan biri hisoblanadi. Xususan, yangi qonunda bolani tarbiyalaş va unga ğamxörlik qiliş majburiyatlarini bajarmaslik, komissiya qarorlarini ijro etmaslik hamda bolalarga nisbatan zöravonlik sodir etiş uçun maʼmuriy javobgarlik va jarimalar (ayrim hollarda esa maʼmuriy qamoq jazosi) belgilangan.

Qonunning yana bir muhim kafolati zöravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bölgan bolalarga davlat hisobidan yuridik yordam körsatilişidir. Jinsiy zöravonlikka oid işlarda voyaga yetmagan jabr­lanuvçi uçun davlat hisobidan advokat iştiroki taʼminlanadi. Bu kafolat zamirida katta adolat bor. Çunki jabr körgan bola har doim ham öz huquqini mus­taqil himoya qilişga qodir emas. Şunday vaziyatda unga huquqiy yordam körsatilişi şunçaki imtiyoz emas, balki özini yolğiz his qilmasligi uçun zarur tayançdir. Bunday işlarga yondaşuvda bolaning şaʼni va ruhiy holati hamişa diqqat markazida turişi kerak. Undan voqeani qayta-qayta sörab, har safar öşa oğriqli onlarni qayta boşdan keçirişga majbur qiliş töğri bölmaydi. Himoya degani faqat aybdorni topiş emas, balki jabrlangan bolaning qadr-qimmatini asraş, ruhan mayib bölib qolmasligini taʼminlaş hamdir.

Yangi qonun ön tört yoşga tölmagan şaxsga nisbatan sodir etilgan ayrim oğir jinsiy jinoyatlar uçun jazoni ham keskin kuçaytirdi: nomusga tegiş va jinsiy taz­yiq ötkaziş yöli bilan zöravonlik qilgan şaxslarga 15 yildan 25 yilgaça yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilandi. Jazo bu qadar qatʼiyligi bolaning jismoniy daxlsizligi va jinsiy erkinligiga bölgan tajovuzni jamiyat mutlaqo qabul qilmasligini aniq körsatadi.

Bolalarni himoya qiliş haqida gap ketganda, köpinça taqiqlar va jazolarni tilga olamiz. Albatta, bular zarur. Ammo bolaga nisbatan şafqatsizlikka qarşi kuraşiş faqat jazo çoralari bilan çeklanib qolmasligi kerak. Jamiyatda mehr-oqibat va masʼuliyat madaniyatini yuksaltiriş zarur.

Bu haqda öylasam, otamning bir ezgu işi yodimga tuşadi. Hovlimizda katta hovuz bölardi. Uç yoşli akam öşa hovuzga tuşib ketib, nobud bölgan ekan. Onamning közlarida doim öşa hasratli kunlarning yoşi halqalanardi.

Bir kuni otam oilamizning yolğiz sut berib turgan sigirini sotiş uçun bozorga olib ketdi. Onamning “Bolalarning rizqi qiyilmaydimi?” degan sovuq söziga otam:

— Bu sigir faqat mening oilamga kor keladi. Agar uni sotib, öylagan işimni amalga oşirsam, butun el-yurtning kuniga yaraydi, — deb yölida davom etdi.

Otam molning puliga eski “Pobeda” avtomobilini sotib olib, taʼmirlatibdi va uyga telefon örnatib, atrofdagi sakkiz köçaga xabar beradi. Öşa paytda şahar markaziga boradigan boşqa maşina yöq edi. Dadam tunda kimdir çaqirib kelsa, keçikib qolmay deb etigini ham yeçmay omonatgina yotib-turardi. U ön ikki yil davomida elga şunday xolis xizmat qildi.

Ulğayib: “Dada, tuni bilan kasal taşib yurganingizga birov rahmat dedimi?” deganimda, bunday javob bergandi:

— Qizim, men buni odamlarning emas, Allohning rizoligi uçun qildim. U davr­da xalq noçor, onalar va gödaklar ölimi köp edi. Kömagim bilan qançadan qança ona va bolaning hayoti saqlab qolindi. Meni şu işlarga sababçi qilgan Egamga qulluq. Qani edi, mendan oldin ham kimdir “Tez yordam” bilan şifoxonaga vaqtida yetkazganida, munçoqdek öğlim yerga kömilmagan bölardi...

Otam öz dardini boşqalarning najotiga aylantirdi. U qonun talab qilgani uçun emas, qalbi buyurgani uçun yordam berdi. Lekin hamma narsani faqat odamlar vijdoniga taşlab qöyib bölmaydi. Bolalarni himoya qiliş butun tizimning, davlat va jamiyatning yagona vazifasidir.

Marhamat tumanida işlagan yillarimda nogironligi bölgan uç öğilni yolğiz tarbiyalagan matonatli bir onani uçratgandim. Bolalarini maxsus muassasaga joylaştirişni taklif qilişganida “Bolalarim — mening hayotim, ularni olib ketsangiz, kim uçun yaşayman?” deb rozi bölmagan. Biz bu oilaga tibbiy va ijtimoiy yordam körsatdik, öğillaridan biri hunarli böldi. Voyaga yetgan öğlining qölidan iş kelganini körgan onaizorning quvonçi hamon köz oldimda.

Nogironligi bölgan bola faqat yordam oluvçi emas, u ham örganişi, mehnat qilişi va jamiyatda öz örniga ega bölişi mumkin. Vazifamiz ularning imkoniyatlarini köra biliş va insoniy qadrini faqat taşxis bilan ölçamaslikdir.

Bola — ota-onaning mulki emas. U kattalar öz alami va nafratini soçadigan nişon emas. Uning öz qalbi, öz huquqi va orzu-maqsadlari bor. Bolalar bizga Allohning omonatidir. Bolalik poydevorining ustunlari oila mehri, taʼlim, ijtimoiy himoya va qonun ustuvorligidir. Ulardan birortasi zaiflaşsa, bolaning ertangi kuniga soya tuşadi. Bolani himoya qiliş butun bir avlodning, millatning kelajagini asraş demakdir. Öz vaqtida, zaruriy fursatlarda qabul qilingan qonun esa öşa beğubor bolalikning qudratli muhofazasi sifatida millatimiz tarixida qoladi.

Munavvara USMONOVA,

Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi