Diqqat! Ösimliklar qoldiqlarining yoqilişi natijasida atmosfera havosiga juda köp miqdorda (toksik) zaharli moddalar — uglerod oksidi (SO), azot oksidi (NOx), azot 2 oksidi (NO2), benz(a)piren dioksin, dibenzofuran, oltingugurt oksidi, fosgen kabi atrof-muhit va inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazuvçi zaharli moddalar ajralib çiqadi. Qolaversa, olovning yuqori harorati taʼsirida tuproq tarkibidagi makro va mikroelementlar yöqoladi, tuproq unumdorligi kamayadi.

Unutmang! Dala maydonlariga öt qöyiş qonunga köra qatʼiy taqiqlangan, bu kabi huquqbuzarliklar MJtKning tegişli moddalariga köra bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravarigaça miqdorda maʼmuriy jarimaga sabab böladi. Şuningdek, yonğin sodir bölgan ekin maydonlarining har bir gektariga yetkazilgan zarar böyiça amaldagi tartib asosida iqtisodiy çoralar belgilanadi.

Maʼlumot uçun, “Özbekkosmos” agentligi davlat kosmik monitoringi dasturi doirasida somonpoyalar yoqilişi holatlarini hamda huquqbuzarlarni aniqlaş va ularga qarşi tezkor çora köriş böyiça hamkorlikda işlar olib borilmoqda.

Hurmatli fermerlar, dehqonlar va yer egalari! Dala maydonlaridagi xazonlar va ösimliklar qoldiqlarini yoqmang, atrof-muhit va insonlar salomatligiga zarar yetkazmang! Aksinça, ösimliklar qoldiqlaridan köçatlarni kompostlaş, mulçalaşda yoki çorvaçilik ehtiyojlari uçun foydalaning. Tabiatni asraş — kelajakni asraşdir.