Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,9 foizga ko‘p. Bu haqda dushanba kuni Xitoy Davlat energetika boshqarmasi e’lon qilgan ma’lumotlarda aytilgan, deb xabar berdi Kazinform.

Ularning 5,099 milliontaga yaqini jamoat foydalanishi uchun mo‘ljallangan zaryadlash qurilmalaridir. Bu ko‘rsatkich bir yilda 21,3 foizga oshgan.

Shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan zaryadlash qurilmalari soni esa iyul oyi oxirida 18,58 milliontani tashkil etib, bir yil davomida 48,8 foizga ko‘paygan.

Milliy zaryadlash infratuzilmasini monitoring qilish va xizmat ko‘rsatish platformasidan olingan ushbu ma’lumotlar Xitoyda elektromobillar uchun quvvatlash tarmog‘i kengayib borayotganini ko‘rsatadi. Bu jarayon elektr transport vositalari savdosining keskin o‘sishi bilan birga kechmoqda.

Xitoy Avtomobil ishlab chiqaruvchilar uyushmasi shu oy boshida e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yil iyul oyida yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalari (NEV) mamlakatdagi yangi avtomobillar umumiy savdosining 60 foizidan ilk bor oshgan.

Shuningdek, iyul oyida Xitoyda yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalari ishlab chiqarish hajmi 1,57 milliontadan, sotuvi esa 1,56 milliontadan oshgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 26,8 va 23,7 foizga yuqori.

2025-yil oktabr oyida Xitoy elektromobillar uchun zaryadlash infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha uch yillik harakat rejasini e’lon qilgan edi. Hujjatga ko‘ra, 2027-yil oxiriga qadar mamlakat bo‘ylab umumiy quvvati 300 million kVtdan ortiq bo‘lgan 28 millionta zaryadlash qurilmasini o‘z ichiga olgan milliy tarmoqni tashkil etish rejalashtirilgan.

2026-2030-yillarga mo‘ljallangan 15-besh yillik davrida uglerod chiqindilari cho‘qqisiga erishish bo‘yicha harakat rejasiga muvofiq, Xitoy 2030-yil oxiriga qadar mamlakatdagi transport parkining 30 foizini NEV avtomobillariga yetkazishni maqsad qilgan.