Elektropoyezd Xitoy Xalq Respublikasining CRRC Dalian Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan boʻlib, 6 ta vagondan iborat va 415 nafar yoʻlovchiga moʻljallangan. Uning harakat tezligi soatiga 160 kilometrni tashkil etadi.

Poyezdda yoʻlovchilar uchun zamonaviy va qulay oʻrindiqlar, har bir oʻrindiqda USB-quvvatlantirish qurilmalari hamda vagon ichidagi haroratni meʼyorda saqlashga moʻljallangan iqlim nazorati tizimi mavjud. Shuningdek, nogironligi boʻlgan yoʻlovchilar uchun maxsus joylar ham koʻzda tutilgan.

7055-sonli “Urganch Aerovokzal — Xiva” poyezdi Urganch Aerovokzaldan soat 08:40 da yoʻlga chiqadi. U Urganch bekatiga 08:59 da yetib kelib, 09:02 da yoʻlga chiqadi va Xivaga 09:22 da yetib boradi.

7058-sonli “Xiva — Urganch Aerovokzal” poyezdi esa Xivadan soat 21:00 da yoʻlga chiqadi. Urganchga 21:20 da yetib kelib, 21:23 da yoʻlga chiqadi va Urganch Aerovokzalga 21:42 da yetib boradi.

Chipta narxi kattalar uchun 25 ming soʻm, bolalar uchun esa 14 ming soʻm etib belgilangan. Chiptalarni elektron platforma orqali xarid qilish mumkin.