Loyiha doirasida umumiy uzunligi 28 kilometr bo‘lgan yangi temir yo‘l qurilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda “Toshkent MTU” filiali boshlig‘i O. Xudoyqulov ishtirok etib, mazkur loyiha poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, qatnovlarni uzluksiz tashkil etishda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Qurilishning ilk kunidayoq 203-sonli tajriba yo‘l mashina stansiyasi xodimlari tomonidan loyihaning dastlabki 1 kilometriga po‘lat izlar yotqizildi.