2004-yilda tug‘ilgan yigit temir yo‘l izlarida bo‘lgan va harakatlanayotgan poyezd ostida qolgan.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, u mast holda bo‘lgan bo‘lishi va temir yo‘l yonida uxlab qolgan bo‘lishi mumkin.
Hodisa vaqtida shlagbaum yopiq bo‘lgan, poyezd esa signallar bergan holda odatiy tartibda harakatlangan. Mashinist yigitni taxminan 500 metr masofada payqagan, biroq poyezdni o‘z vaqtida to‘xtatishga ulgurmagan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent transport prokuraturasi tomonidan dastlabki tekshiruv ishlari olib borilmoqda.