2024-yilda Özbekiston Prezidenti taşabbusi bilan taʼsis etilgan mazkur mukofot sunʼiy intellekt etikasi sohasidagi tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan ilk global mukofot hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi sunʼiy intellekt texnologiyalarini masʼuliyatli loyihalaş, işlab çiqiş va joriy etişga kömaklaşiş, şuningdek, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirişdan iborat.

Mukofot har ikki yilda bir marta uç nafar laureatga topşiriladi. Har bir ğolibga Abu Rayhon Beruniy nomidagi medal, sertifikat va pul mukofoti beriladi. Tanlovda sunʼiy intellekt sohasidagi etik tamoyillar va amaliy yeçimlarni rivojlantirişga hissa qöşgan alohida tadqiqotçilar, ilmiy muassasalar va taşkilotlar iştirok etişi mumkin. Arizalarni qabul qiliş 2027-yil 30-yanvarga qadar davom etadi.

Mukofotni topşirişning birinçi marosimi 2025-yil noyabr oyida Samarqand şahrida YUNESKO Boş konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida bölib ötgan edi. Unda professor Virjilio Avgusto Fernandes de Almeyda (Braziliya), professorlar Syuzan Perri va Klaudiya Mariya Jovanna Roda (Fransiya), şuningdek, Sinxua universitetining Xalqaro sunʼiy intellektni boşqariş instituti (I-AIIG) professorlari Lan Syue, Çjen Lyan va Syan Syao laureat deb topilgan edi. Ularning loyihalari etik, inklyuziv va masʼuliyatli texnologiyalarni rivojlantirişga qaratilgan.

Taʼsis etilganidan buyon mukofot ilmiy tadqiqotlarni rağbatlantiriş, bilim almaşiş hamda yoşlarni sunʼiy intellekt etikasi masalalariga jalb etiş maydoniga aylandi. Xususan, 2026-yil aprel oyida Nyu-York şahrida bölib ötgan Yoşlar forumida etik va inklyuziv sunʼiy intellektni rivojlantirişda yoş avlodning roliga bağişlangan tadbir taşkil etildi.

Şuningdek, 2026-yil avgust oyida Ostona şahrida ötkazilgan Sunʼiy intellekt böyiça xalqaro olimpiada doirasida mukofot laureatlari 300 nafardan ortiq iştirokçi hamda 200 nafardan ziyod ekspert va tadqiqotçilar uçun maʼruzalar qildilar.

Sunʼiy intellekt etikasi böyiça ilmiy işlarning xalqaro tanloviga ayni vaqtda jahonning turli burçaklaridan 460 dan ortiq ariza kelib tuşgan bölib, uning yakuniy bosqiçi 2026-yil dekabr oyida Parijda ötkaziladigan ilmiy forum doirasida ötkazilişi rejalaştirilgan.