Farmonga ko‘ra, 2027/2028 o‘quv yilidan OTMlarda ish beruvchi korxonalarning buyurtmalari asosida va bitiruvchini ishga qabul qilish sharti bilan dual ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashning tizimi joriy etiladi. Bunda, dual ta’lim shakliga qabul amalga oshiriladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda qabul parametrlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda OTM tomonidan belgilanadi;
dual ta’lim shakliga qabul ish beruvchi korxona buyurtmasiga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida har yili 1-oktabrga qadar amalga oshiriladi.
Dual ta’lim OTM, korxona va talaba o‘rtasida tuziladigan shartnomaga asosan tashkil etiladi:
korxona zimmasiga talabaga o‘qish davri davomida mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda oylik ish haqi to‘lash;
talabaning zimmasiga bitirgandan so‘ng kamida 2 yil mazkur korxonada ishlab berish majburiyatlari yuklanadi.