Loyiha 85 million dollarlik xorijiy investitsiya hisobidan amalga oshirildi.
Energetika vaziri Sherzod Xodjaev mazkur obyektda bo‘lib, energiya saqlash tizimining ishga tushirilishi va uning elektr tarmog‘iga ulanish jarayoni bilan tanishdi.
Ayni paytda tizim tarmoqqa ulangan bo‘lib, sentyabr oyı yakuniga qadar to‘liq quvvatda ishlashi rejalashtirilgan.
Yangi energiya saqlash tizimi elektr energiyasiga talab yuqori bo‘lgan soatlarda tarmoq barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Tizimdan bir sutkada ikki marta, har safar 2 soat davomida 175 MVt quvvatdagi, ya’ni 350 MVt·soat elektr energiyasi zaxirasidan foydalanish imkoni yaratiladi.