Ayniqsa, erkaklar terma jamoasi 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan o‘z yo‘nalishida yana eng yaxshi natijani qayd etdi.
Umumjamoa hisobida mezbon Xitoy 5 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan birinchi o‘rinni egalladi. Qozog‘iston 5 ta oltin va 3 ta bronza bilan ikkinchi, O‘zbekiston esa 4 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medali bilan uchinchi pog‘onadan joy oldi.
G‘olib va sovrindorlar:
Oltin medal:
- 57 kg — Nigina O‘ktamova
- 60 kg — Abdumalik Xalokov
- 80 kg — Javohir Ummataliev
- 90 kg — To‘rabek Xabibullaev
Kumush medal:
- 48 kg — Farzona Fozilova
- 50 kg — Asilbek Jalilov
- +80 kg — Oltinoy Sotimboeva
Bronza medal:
- 60 kg — Sitora Turdibekova
- 75 kg — Aziza Zokirova
- 85 kg — Akmaljon Isroilov
- +90 kg — Arman Maxanov