Bu haqda Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari — Kinematografiya agentligi direktori Jahongir Ahmedov maʼlum qildi.
Endi xodimlarning to‘planib qolgan 3 milliard so‘mdan ortiq ish haqi bo‘yicha qarzdorligini qoplash masalasi hal etiladi.
Ayni paytda «Uzbekfilm» zimmasidagi 22 million yevroga teng kredit majburiyati asosiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Kinostudiyani 10 gektarlik yer maydoni bilan birga garovdan ozod qilish hamda kredit majburiyatini hal etish borasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda jiddiy ishlar olib borilmoqda.
«Uzbekfilm» inqiroz emas, milliy kinematografiyaning ramzi bo‘lishi kerak, deb yozadi Jahongir Ahmedov.