Kelgusi yil 1-martgacha tarmoqlarga ulanish imkoniyatlari xaritasi, 1-iyulga qadar toʻliq bosh reja taqdim etiladi.
Bu hujjatlarda qaysi hududda elektrga talab oʻsishi, qanday infratuzilma zarurligi va yangi quvvatlar qayerda samarali ishlashi koʻrsatiladi. Shu asosda investorlar ham oʻz rejalarini uzoq muddatga tuzishi mumkin boʻladi.
“Yashil” energiya ishlab chiqaruvchilar uchun sertifikatlar va karbon kreditlardan qoʻshimcha daromad olish imkoniyati ham ochiladi. Ulardan keladigan manfaatni davlat va investorlar oʻrtasida adolatli taqsimlash mexanizmlari joriy etiladi. Mazkur jarayonda xalqaro ekologik majburiyatlar va amaldagi shartnomalar toʻliq hisobga olinadi.