Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Narendra Modi Koʻksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdilar.
Marosim mamlakatlarimizning koʻp qirrali munosabatlarida yangi bosqich boshlangani hamda ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlikni mustahkamlashga qatʼiy intilishning ramzi boʻldi.