Tbilisi shahrida davlatimiz rahbari Gruziya Prezidenti Mixail Kavelashvili va Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan muzokaralar oʻtkazdi.

Oʻzbekiston – Gruziya doʻstlik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-tranzit, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirishning muhim masalalari koʻrib chiqildi.

Muzokaralar yakunida Strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiya imzolandi. Bundan tashqari, ustuvor yoʻnalishlardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli toʻplami almashildi.

Orbeliani saroyida Oʻzbekiston yetakchisiga Gruziyaning oliy davlat mukofoti – “Oltin moʻyna” ordenini tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari Tbilisi shahrida buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Davlat tashrifi yakunlangach, Oʻzbekiston Prezidenti Toshkent shahriga joʻnab ketdi.