Oliy Majlis Senatining mazkur masala yuzasidan qabul qilingan qaroriga muvofiq Kahramon Mirsafayev va Mahfirat Ochilova o‘n yillik muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylandi.

Boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan I.Boltahodjaeva, B.Israilov, G.Parpiyeva, J.Rasulov, N.Rasulov, N.Rahmonov, shuningdek, o‘z arizasiga binoan Sh.Boliev, B. Tangabayev, N.Xadji matov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etildi.