Turnir 27 apreldan 3 maygacha Bishkek shahrida boʻlib oʻtdi. Unda jamoamiz barcha uchrashuvlarda gʻalaba qozonib, musobaqani magʻlubiyatsiz yakunladi (Qirgʻiziston — 4:2; Hindiston — 15:1; Moʻgʻuliston — 7:2; Indoneziya — 13:0; Qirgʻiziston — 3:2).
Shuningdek, 2026 yil mart oyida jamoa xalqaro maydonda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, oʻz divizionida jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritdi va ikki karra jahon chempioniga aylandi.
Mazkur natija Oʻzbekiston xokkey federatsiyasining terma jamoalarni tayyorlash va mamlakatda xokkeyni rivojlantirish borasidagi boshqaruv hamda tashkiliy ishlarining yuqori darajada ekanini yaqqol koʻrsatadi.