Suhbat avvalida Belarus yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, unga mustahkam sogʻliq, tuganmas kuch-gʻayrat, davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, Oʻzbekistonning koʻp millatli xalqiga esa tinchlik va farovonlik tiladi.
Oʻzbekiston – Belarus strategik sheriklik munosabatlarini Oʻzbekiston Prezidentining joriy yil 8-9-iyul kunlari Minsk shahriga amalga oshirgan rasmiy tashrifida erishilgan kelishuvlarni bajarish doirasida yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Turli darajalarda samarali muloqotlar olib borilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror oʻsib bormoqda. Ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.
Faol tus olgan hududlararo hamkorlik va madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.