Uchrashuvda 2030-yilgacha moʻljallangan hamkorlik dasturi doirasidagi loyihalarni jadallashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, Oʻzbekiston va JICA oʻrtasida sogʻliqni saqlash, xususiy sektorni qoʻllab-quvvatlash hamda taʼlim sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish boʻyicha fikr almashildi.
Tomonlar amaliy hamkorlikni yangi loyihalar va tashabbuslar bilan yanada boyitish masalalariga ham eʼtibor qaratdi.
Maʼlumot uchun, JICA Oʻzbekistonda energetika, taʼlim, qishloq xoʻjaligi, infratuzilmani rivojlantirish va sogʻliqni saqlash kabi sohalardagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlab kelmoqda.