Unda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, general-mayor Botir Qudratxoʻjaev hamda Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, politsiya general-polkovnigi Andrey Xrapov ishtirok etdi.

Uchrashuv chogʻida tomonlar transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, noqonuniy migratsiyaning oldini olish, axborot almashinuvini takomillashtirish, narkotik vositalarning noqonuniy aylanishi hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurash sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Shuningdek, ikki davlat oʻrtasidagi amaldagi hamkorlik mexanizmlarini yanada samarali tashkil etish, tajriba almashish va qoʻshma tadbirlar oʻtkazish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Tadbir yakunida tomonlar hamkorlikning yangi bosqichlari va kelgusidagi istiqbolli vazifalar yuzasidan kelishuvlarga erishdi.