Oʻtgan yili Sloveniyaga amalga oshirilgan tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari hamda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tovar ayirboshlash hajmi oʻsgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Transport, shaharsozlik, muhim mineral resurslar va farmatsevtika sohalarida kooperatsiyani rivojlantirish hamda madaniy va turistik almashinuvlarni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Tomonlar oʻzaro sheriklikni, shu jumladan, Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik doirasida yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanini tasdiqladilar.