Mazkur hujjat Oʻzbekiston va Xitoy aeronavigatsiya xizmatlari oʻrtasidagi ilk rasmiy hamkorlik kelishuvi boʻldi.
Memorandum doirasida havodagi harakatni boshqarish, aloqa, navigatsiya va kuzatuv (CNS) texnologiyalarini rivojlantirish, sohani raqamlashtirish, mutaxassislarni tayyorlash hamda tajriba almashish asosiy hamkorlik yoʻnalishlari etib belgilandi.
Hujjat qoʻshma tashabbuslarni amalga oshirish va aeronavigatsiya sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun asos yaratadi.