Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasining uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlari maʼlumotlarida keltirilgan.
Qayd etilishicha, mazkur koʻrsatkich 2026 yilning yanvar–avgust oylarida qayd etilgan. Internetdan foydalanuvchi aholi ulushi 2021 yilga nisbatan 20,7 foiz punktga oshgan.
Yillar kesimida internetdan foydalanuvchi 10 yosh va undan katta aholi ulushi quyidagicha:
— 2021 yil — 76,6 foiz;
— 2022 yil — 83,9 foiz;
— 2023 yil — 89,0 foiz;
— 2024 yil — 93,3 foiz;
— 2025 yil — 94,6 foiz;
— 2026 yil yanvar–avgust — 97,3 foiz.
Shu tariqa, soʻnggi yillarda mamlakatda internetdan foydalanish darajasi izchil oshib bormoqda.