«Özgidromet» maʼlumotlariga köra, bugun kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpoğiston Respublikasining ayrim joylarida biroz yomğir yoğişi mumkin. Havo harorati 13–18 daraja, janubda esa 20–22 daraja iliq böladi.

17-noyabr kuni keçasi havo harorati 3–8 daraja, kunduzi 13–18 daraja iliq bölişi kutilmoqda. 18–20-noyabr kunlari esa harorat asta-sekin kötarilib, keçalari 7–12 daraja, kunduzi 17–22 daraja iliq böladi.

Hafta boşida havo harorati meʼyordan 3–5 daraja, hafta oxirida esa 8–10 daraja yuqori bölişi prognoz qilinmoqda. 16–18-noyabr kunlari ayrim joylarda tuman tuşişi mumkin.

Şamol şarqdan 7–12 m/s tezlikda esadi.

Respublikaning toğli hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Faqat 18–20-noyabr kunlari ayrim joylarda yomğir va qor yoğişi mumkin.

Poytaxtda hafta davomida havo özgaruvçan böladi, yoğingarçilik kutilmaydi. Şamol şarqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.

16–18-noyabr kunlari kunduzi havo harorati 15–17 daraja iliq böladi. 19–20-noyabr kunlari esa 20–22 darajagaça kötariladi.

Keçalari 17-noyabr kuni 4–6 daraja, 18–20-noyabr kunlari esa 10–12 daraja iliq bölişi kutilmoqda.