Bu haqda Raqamlashtirish vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Amerikaning Amazon Leo hamda «
Amazon Leo — avval Project Kuiper nomi bilan tanilgan Amazonʼning past orbitadagi sunʼiy yo‘ldoshlari tarmog‘i bo‘lib, u dunyo bo‘ylab yuqori tezlikdagi va kam kechikishli internet xizmatlarini taqdim etishga mo‘ljallangan. Loyiha 3 000 dan ortiq sunʼiy yo‘ldoshdan iborat global tarmoqqa tayanadi.
Kelishuvga muvofiq, mazkur xizmat O‘zbekistonda nafaqat shaharlarda, balki telekommunikatsiya infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmagan yoki umuman mavjud bo‘lmagan chekka va borish qiyin hududlarda ham internetdan foydalanish imkonini kengaytiradi.
Tizimda sunʼiy yo‘ldoshlar o‘zaro yuqori tezlikdagi optik aloqa orqali bog‘langan bo‘lib, yerdagi xavfsiz shlyuz stansiyalari, tolali-optik tarmoqlar hamda internet almashinuv nuqtalari bilan integratsiya qilingan. Foydalanuvchilar tarmoqqa Leo Nano, Leo Pro va Leo Ultra terminallari orqali ulanadi.
Mazkur kelishuv amalga oshirilsa, O‘zbekistonda sunʼiy yo‘ldosh internet xizmatlari bozorida raqobat kuchayishi, chekka hududlarda raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengayishi hamda davlat va xususiy sektor uchun yangi texnologik yechimlar paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, xizmatning mamlakatda qachon tijoriy asosda ishga tushishi, tariflari va abonent qurilmalari narxi hozircha eʼlon qilinmagan. Bu maʼlumotlar loyihaning keyingi bosqichlarida maʼlum qilinishi kutilmoqda.