Keyingi ön yilda elektrotexnika sanoatida katta özgarişlar amalga oşirildi. Sohaga 2 milliard dollar investitsiya kiritilib, 413 ta yangi işlab çiqariş quvvati işga tuşirildi. Maişiy texnika, quyoş panellari, elektron hisoblagiçlar, yuqori kuçlanişli transformatorlar kabi 100 dan ortiq turdagi yangi mahsulotlar işlab çiqariş yölga qöyildi.
Natijada joriy yilda sohada mahsulot işlab çiqariş hajmi 50 trillion sömga yetdi. Mazkur körsatkiç 2016-yilda 1,7 trillion söm bölgan. Investitsiyalar 600 million dollarga, eksport esa 1 milliard 600 million dollarga yetkazildi. Ötgan davrda eksport hajmi 14 barobar ösdi.
Davlatimiz rahbari bu mavjud imkoniyatlarga nisbatan kam ekanini, sohani yanada jadal rivojlantiriş zarurligini taʼkidladi.
Elektrotexnika sanoati uçun asosiy xomaşyolardan biri bölgan mis işlab çiqarişni oşirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Joriy yilda 3-mis boyitiş fabrikasi işga tuşirildi. Uşbu loyiha hisobiga mis işlab çiqariş hajmi 300 ming tonnaga, 2030-yilga borib esa 500 ming tonnaga yetkaziladi.
Mamlakatimizda quyoş va şamol elektr stansiyalari, energiya saqlaş quvvatlari barpo etilmoqda, hududlarda keng kölamli bunyodkorlik işlari olib borilmoqda. Kelgusi ön yilda hamkorlar bilan 450 milliard dollarlik loyihalarni amalga oşiriş maqsad qilingan.
Bu – elektrotexnika mahsulotlari uçun ham ulkan va uzoq muddatli bozor. Mamlakatimizda mis va muhim minerallar zaxiralari, salohiyatli yoşlar, tajribali tadbirkorlar hamda hamkorlikka tayyor investorlar bor. Endi uşbu imkoniyatlarni yangi texnologiya va işlanmalar bilan birlaştiriş muhimligi qayd etildi.