Dastur doirasida 34 ta yirik turizm obyekti, 1 mingdan ortiq joylashtirish vositasi, xususan, 200 ta mehmonxona qurish reja qilingan.

Masalan, Parkentda yaqinda ochiladigan “Kumushkon resort” turizm kompleksida 98 foiz mahalliy qurilish materiallari ishlatilmoqda.

Hokimlar ham hududidagi barpo etilayotgan mehmonxonalarda mahalliy materiallar ulushini kamida 95 foizga yetkazishi zarurligi qayd etildi.

Buning uchun keyingi yil yakuniga qadar mehmonxona qurish va bezatishda foydalaniladigan lok-boʻyoq ishlab chiqarishni 119 mingdan 150 ming tonnaga, santexnikani 1,5 milliondan 2 million donaga, PVX quvur va fitinglarni 255 mingdan 300 ming tonnaga, gulqogʻozni 6 milliondan 7,5 million tonnaga, dekorativ panellarni 15 million kvadratdan 18 million kvadrat metrga yetkazishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.