Sanepidqo‘mitaning ma’lum qilishicha, hozirda Rossiya Federatsiyasining vakolatli idoralari hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining rasmiy manbalari orqali vaziyat muntazam ravishda kuzatib borilmoqda. Xususan, kasallik tashxisining laboratoriyada tasdiqlangani yoki tasdiqlanmagani, ehtimoliy yuqish manbai va yo‘llari, bemorning harakatlanish yo‘nalishi hamda u bilan muloqotda bo‘lgan shaxslarga oid ma’lumotlar o‘rganilmoqda.

Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi hududiga o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha tegishli xizmatlarning tayyorgarligi kuchaytirilgan.

Shu bilan birga, fuqarolarimizdan turli xabarlarga ishonmaslik, ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali kuzatib borish so‘raladi.

Epidemiologik vaziyatda o‘zgarish yuz bergan taqdirda jamoatchilikka belgilangan tartibda qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.