Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga ko‘ra, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 22,7 foizga oshgan.

Taʼlim xizmatlari tarkibida eng katta ulush oliy taʼlim sohasiga toʻgʻri kelgan. Uning hissasi jami taʼlim xizmatlarining 42,4 foizini tashkil etgan.

Hududlar kesimida taʼlim xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida — 12,7 trln soʻm qayd etilgan.

Keyingi oʻrinlarda Samarqand va Fargʻona viloyatlari — 1,5 trln soʻmdan, Andijon — 1,2 trln soʻm, Toshkent va Namangan viloyatlari — 1,1 trln soʻmdan hamda Buxoro viloyati — 1 trln soʻm bilan joylashgan.

Qashqadaryo viloyatida taʼlim xizmatlari hajmi 877,7 mlrd soʻm, Qoraqalpogʻistonda — 691,3 mlrd soʻm, Xorazmda — 602,5 mlrd soʻm, Surxondaryoda — 577,8 mlrd soʻmni tashkil qilgan.

Eng past koʻrsatkichlar Navoiy (373,6 mlrd soʻm), Jizzax (323,9 mlrd soʻm) va Sirdaryo (243,6 mlrd soʻm) viloyatlarida qayd etilgan.