Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi axborot xizmatiing , hodisa 2026 yil 10 iyun kuni taxminan soat 22:00 larda Jizzax shahridagi “Orda” ekologiya madaniyat va istirohat bogʻida joylashgan, “Niyatjon niyati” MCHJga qarashli “Bashnya padeniya” attraksionida sodir boʻldi.
Hodisa oqibatida 4 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan va tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. Ular hozirda shifokorlar nazoratida ekani maʼlum qilindi.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, mazkur 16 oʻrindiqli attraksionda oxirgi texnik koʻrik 2025 yil 5 noyabrda oʻtkazilgan. Hozirda vakolatli organlar tomonidan holat yuzasidan dastlabki oʻrganish va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.