Jumladan, tölovga qobiliyatsizlik işlarini yuritişning yagona elektron platformasi işga tuşiriladi. Uşbu platforma «Tölovga qobiliyatsizlik töğrisida»gi qonunda nazarda tutilgan maʼlumotlar majburiy eʼlon qilinadigan rasmiy manba hisoblanadi. Eʼlonlar şaxsiy kabinet orqali elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda pullik asosda joylaştiriladi. Sud boşqaruvçilari uçun esa har oylik abonent tölovi joriy etiladi.
Şuningdek, işlab çiqarişdagi baxtsiz hodisalar haqida xabar beriş, ularni tekşiriş va hisobga oliş sunʼiy intellektga asoslangan «Xavfsiz mehnat» elektron tizimi orqali amalga oşiriladi.
Ekologiya sohasida ham yangi talablar belgilanmoqda. Toşkent şahri va Toşkent viloyatining ayrim tumanlarida kömir va boşqa qattiq yoqilğida işlaydigan issiqxonalar gaz, elektr energiyasi, geotermal yoki quyoş energiyasiga ötişi yoxud qozonlarini tozalaş va çiqindilarni onlayn monitoring qiliş tizimlari bilan jihozlaşi şart böladi.
Kiçik va örta biznesni moliyaviy qöllab-quvvatlaş maqsadida kredit tarixi mavjud bölmagan tadbirkorlik subyektlarini ham baholaş imkonini beruvçi sunʼiy intellektga asoslangan skoring modelini joriy etiş rejalaştirilgan.
Turizm sohasida gidlar va gid-tarjimonlar Turizmni rivojlantiriş ilmiy-tadqiqot institutidagi imtihon natijalariga köra muddatsiz malaka sertifikatini oliş imkoniyatiga ega böladi.
Pensiya tizimidagi özgarişlarga köra, Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali arxivlar hamda taşkilotlardan olingan iş staji va iş haqi töğrisidagi elektron maʼlumotlar asosida pensiyaning boşqa turiga ötkaziş yoki uni qayta hisoblaş uçun ariza beriş mumkin böladi. Yoşga doir, nogironlik va boquvçisini yöqotganlik pensiyalari esa pensionerning xohişiga köra ijtimoiy kartaga tölanadi.
Örta maxsus va oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan yetim bolalar hamda ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarga beriladigan tölovlar ham ijtimoiy kartaga ötkaziladi.
Bundan taşqari, «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimida xususiy maktablarga korreksion sinfdagi har bir bola uçun oyiga bazaviy hisoblaş miqdorining 11 baravarigaça subsidiya ajratiş imkoniyati yaratiladi.
Ijtimoiy himoyaga oid yana bir yangilik — Içki işlar vazirligining 21 va 42-son koloniyalari qoşida mahkuma ayollarning uç yoşgaça bölgan farzandlari uçun keça-kunduz faoliyat yuritadigan «Ona va bola markazi» maxsus boğçalari taşkil etiladi.
Mazkur özgarişlar 2026-yil 1-dekabrdan boşlab bosqiçma-bosqiç amalga kiritiladi.