Ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 38,9 mlrd kVt·soati issiqlik elektr stansiyalari (IES), 7,5 mlrd kVt·soati katta quvvatli quyosh va shamol elektr stansiyalari, 5,4 mlrd kVt·soati gidroelektr stansiyalar, 1,9 mlrd kVt·soati kichik quvvatli quyosh panellari (Rooftop) va 593,7 mln kVt·soati blok-stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keldi.

Respublika iste’moli: mazkur muddat davomida respublika iste’moli 52,9 mlrd kVt⋅soatni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davridagiga nisbatan 2,6 mlrd kVt⋅soat yoki 5,2 foizga ko‘pni tashkil qildi.

2026-yil iyul oyida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,6 foizga ko‘p.

Ishlab chiqarish: joriy yilning iyul oyida respublikamizda jami 8,9 mlrd kVt⋅soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu o‘tgan yilning mos davridagiga nisbatan 920,3 mln kVt⋅soat yoki 11,6 foizga ko‘pni tashkil etdi.

Respublika iste’moli: mazkur muddat davomida respublika iste’moli 8,8 mlrd kVt⋅soatni tashkil qildi. Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davridagiga nisbatan 638,8 mln kVt⋅soat yoki 7,8 foizga ko‘p demakdir.