Yangi o‘quv yilida iqtidorli talabalar uchun jami 776 ta Prezident va nomli davlat stipendiyasi ajratiladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026 yil 15 iyuldagi 02/10-5795-sonli xati bilan 2026/2027-o‘quv yili uchun respublikadagi oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlari kesimida davlat stipendiyalari kvotalari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, yangi o‘quv yili uchun jami 776 ta davlat stipendiyasi ajratildi.
Stipendiyalar quyidagicha taqsimlangan:
– Prezident stipendiyasi — 187 ta;
– Islom Karimov stipendiyasi — 194 ta;
– Navoiy stipendiyasi — 175 ta;
– Bobur stipendiyasi — 51 ta;
– Imom al-Buxoriy stipendiyasi — 44 ta;
– Beruniy stipendiyasi — 38 ta;
– Ibn Sino stipendiyasi — 33 ta;
– Abdulla Avloniy stipendiyasi — 16 ta;
– Ulug‘bek stipendiyasi — 13 ta;
– To‘lepbergen Qaipbergenov stipendiyasi — 11 ta;
– Ibroyim Yusupov stipendiyasi — 11 ta;
– Pahlavon Mahmud stipendiyasi — 3 ta.
Ma’lumot uchun, mazkur stipendiyalar respublika bo‘yicha yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan 335 ming 471 nafar talaba orasidan o‘qishdagi yuqori natijalari, ilmiy va jamoatchilik faoliyati bilan ajralib turgan eng munosib nomzodlarga beriladi.