Unda Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Davlat va hududiy komissiyalar a’zolari, mutasaddi davlat organlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

photo_2026-06-26_16-02-44.jpg

Tadbir doirasida Ichki ishlar vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Chegara qo‘shinlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Mudofaa sanoati agentligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda boshqa hamkor tashkilotlar ishtirokida sohada amalga oshirilayotgan ishlarni aks ettiruvchi ko‘rgazma tashkil etildi.

photo_2026-06-26_16-02-15 (3).jpg

Shuningdek, BMTning 2025-yildagi global narkovaziyat yuzasidan hisoboti taqdim etilib giyohvandlik va narkojinoyatchilikka qarshi kurashda faol ishtirok etgan bir guruh xodimlar taqdirlandi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan 2 tonna 963 kg 610 gramm giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar hamda prekursorlarni yo‘q qilish marosimi onlayn namoyish etildi.

photo_2026-06-26_16-02-17.jpg

Tadbir yakunida san’atkorlar ishtirokidagi badiiy konsert dasturi namoyish etildi.