Eʼtiborli jihati 2026-yil 16-martdan 4-noyabrga qadar fabrikada 10 million tonna maʼdan qayta işlandi. Şu davr mobaynida Mis eritiş zavodiga 160 ming tonnadan ortiq mis konsentrati yetkazib berildi. Faoliyatini endigina boşlagan korxona uçun bu salmoqli va tarixiy ahamiyatga ega natija, desak mubolağa bölmaydi.

Bugun onlayn muloqotda 3-Mis boyitiş fabrikasi rahbariyati kombinat boşqaruv raisi Abdulla Xursanovga fabrikada qayta işlangan maʼdan hajmi 10 million tonnaga yetgani haqida axborot berdi. Uşbu marra korxonani işga tuşirişda öz hissasini qöşgan har bir işçi-xodim mehnatiga hurmat ifodasi, şuningdek, işlab çiqariş sari işonçli harakatning ramzi böldi. Jamoa uçun bu nafaqat bosib ötilgan yöl sarhisobi, balki loyihaviy körsatkiçlarga erişiş yölidagi muhim masʼuliyat hamdir.

10 million tonna körsatkiç 3-MBFning şakllanişidagi ilk yirik bosqiç bölib, kombinatning ortib borayotgan işlab çiqariş salohiyatini yana bir bor tasdiqlaydi.

2026-yil 16-mart fabrika tarixida unutilmas sana sifatida qoldi. Şu kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosiş orqali yangi korxona faoliyatiga start berdi va «Yoşlik I» konini özlaştiriş böyiça yirik loyihani amalga oşirişda muhim bosqiçni boşlab berdi.

Davlatimiz rahbarining taşabbusi va doimiy eʼtibori bilan amalga oşirilayotgan mazkur loyiha mamlakatimiz sanoat salohiyatini oşirişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aynan şu yuksak eʼtibor va qöllab-quvvatlaş keng kölamli işlarning jadal surʼatda amalga oşirilişiga zamin yaratdi.

3-MBF uşbu loyihaning asosiy obyektlaridan biri hisoblanadi. Fabrikaning loyihaviy quvvati yiliga 60 million tonna maʼdanni qayta işlaşga möljallangan. Töliq quvvatda işlaganida esa yiliga qariyb 900 ming tonna mis konsentrati işlab çiqariş imkoniyatiga ega böladi.

Fabrikada maʼdan qayta işlaş hajmining ösiş dinamikasi işlab çiqariş quvvatlari qay darajada özlaştirilayotganini yaqqol körsatadi. Xususan, mart oyida 661,5 ming tonna maʼdan qayta işlangan bölsa, iyun oyiga kelib bu körsatkiç 1 million 161 ming 805 tonnani taşkil etdi. Oktyabr oyida esa 1,6 million tonnadan oşdi. Demak, oktyabr oyidagi natija mart oyidagi körsatkiçdan qariyb 2,5 barobar yuqori böldi.

Ayni paytda fabrikadagi 12 ta tegirmondan 10 tasi foydalanişga topşirilgan. Qolganlarida esa sozlaş va sinov işlari olib borilmoqda. Yaqin vaqtlarda ularni ham işlab çiqariş jarayoniga jalb etiş rejalaştirilgan.

10 million tonna — bu salmoqli natija, ammo yakuniy marra emas. Oldinda fabrikani bosqiçma-bosqiç loyihaviy quvvatga olib çiqiş, texnologik jarayonlarni barqarorlaştiriş, mis konsentrati sifatini yuqori darajada saqlaş kabi muhim vazifalar turibdi.

OKMK Axborot xizmati

Reklama