Bu haqda IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Toshkent–Qarshi yoʻnalishida harakatlanayotgan 764-sonli “Afrosiyob” poyezdining 9-vagonidagi 35–36-joylarda 1980-yil 30-martda tugʻilgan U. A. Latipovga tegishli erkaklar sumkasi (barsetka) qolib ketgani aniqlandi.
Xolislar ishtirokida tekshirilganda, barsetka ichida 2400 AQSH dollari hamda 50 million soʻm mablagʻ borligi maʼlum boʻldi.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida barsetka egasiga qaytarildi.