Endilikda «Davlat boji to‘g‘risida»gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligi – o‘zining hamda meva-sabzavotchilik yo‘nalishidagi mahsulot yetishtiruvchi, qayta ishlovchi subyektlarning, issiqxona xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida berilgan ariza, shikoyat va da’volar yuzasidan fuqarolik va iqtisodiy sudlarga murojaat qilganda davlat bojidan ozod qilinishi belgilandi.
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.