Avval xabar berganimizdek, yo'lovchilarga sifatli xizmat ko'rsatish hamda ularning xavfsizligini ta'minlash maqsadida, "Alisher Navoiy" bekatidan "Paxtakor" bekatiga o'tish yo'lidagi 3-raqamli ЭТ-5М rusumli eskalator joriy yilning 21-iyulidan 17-avgustiga qadar tortuvchi zanjirlarini almashtirish uchun yopilgan edi.

Ushbu ta'mirlash ishlari muddatidan oldin sifatli tarzda o’z yakuniga yetkazilib, 3-raqamli eskalatorning tortuvchi zanjirlari to’liq almashtirildi.

Shu sababdan, mazkur eskalator joriy yilning 5-avgustidan yo'lovchilar uchun qayta ishga tushiriladi.